Kattaqo‘rg‘onlik Kamoliddin Xalqaro fan olimpiadada zafar quchdi
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 15-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi Ozodov Kamoliddin Xalqaro fan olimpiadasida uchinchi o‘rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu yutuq nafaqat maktab, balki butun tuman uchun katta faxrdir.
Taqdirlash marosimi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilib, unda Kamoliddinga 2 250 000 so‘m, uning ustozi Dilfuza Nizomovaga esa 11 250 000 so‘m mukofot topshirildi. Bu mukofotlar Xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etayotgan iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish maqsadida berildi.
Kattaqo‘rg‘on yoshlari o‘z zafarlari bilan barchaga namuna bo‘lmoqda.