insurez
19-07-2024 16:00

Kattaqo‘rg‘onlik hamshiralar Germaniya shifoxonalarida ishlashi mumkin


Shunday taklif bilan Shveysariyaning “Globogate Concept AG” tashkiloti menejeri Y. Meyer boshchiligidagi vakillar Kattaqo‘rg‘onga keldi.

Uchrashuvda hamkorlik doirasida kattaqo‘rg‘onlik o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini nemis tiliga o‘qitish va dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarni Germaniya shifoxonalarida bandligini ta’minlash loyihasi muhokama qilindi.

Har ikki tomon loyiha bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kelgusidagi hamkorlik yuzasidan kelishib oldilar.

Teglar
- -