insurez
07-07-2024 18:16

Kattaqo‘rg‘onlik Firdavs O‘zbekiston bayrog‘ini Rossiya Federatsiyasining Yakutiya shahrida baland ko‘tardi


Yaqinda Rossiya Federatsiyasining Yakutiya shahrida "Osiyo bolalari" xalqaro kurash sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. 

Eng quvonarlisi, mazkur musoboqada tumandoshimiz, Kattaqo‘rg‘on sport maktabi sobiq tarbiyalanuvchisi, hozirgi kunda Samarqand Olimpiya zaxiralari sport maktabi o‘quvchisi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Firdavs Niyatullayev ham munosib ishtirok etib, yakunda 60 kg vazn toifasida Osiyo chempioni bo‘lib, oltin medal sohibiga aylandi.

Shu munosabat bilan, bugun o‘zi o‘qigan 20-maktabda chempion o‘g‘lonimiz va uning murabbiylari tantanali ravishda kutib olindi.

Marosimda Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, sportchimizni qo‘lga kiritgan g‘alabasi bilan samimiy muborakbod etishdi.

Teglar
- -