insurez
18-09-2024 18:18

"Kattaqo‘rg‘onda Xitoyning Henan provinsiyasi investorlari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida biznes forum o‘tkazildi"


Bugun, Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida Xitoy Xalq Respublikasining Henan provinsiyasidan 60 ga yaqin investorlar delegatsiyasi tashrif buyurdi. 

Tashrif doirasida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi, tuman va shahar hokimi o‘rinbosarlari hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirokida Xitoy va O‘zbekiston tadbirkorlari o‘rtasida biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum davomida sanoat, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha B2B uchrashuvlari tashkil etildi. Shundan so‘ng, xitoylik investorlar va kattaqo‘rg‘onlik tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik memorandiumlari imzolandi.

 

Teglar
- -