Kattaqo‘rg‘onda tadbirkorlar qabuli – muammolar yechimi va qo‘llab-quvvatlash manbai
Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot va ularni doimiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida haftaning har chorshanba kuni qabul tashkil etilib kelinmoqda. Ushbu qabul tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish, taklif va tashabbuslarini eshitish hamda yechim topishga qaratilgan bo‘lib, tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim platformaga aylanmoqda.
Qabul jarayonida tadbirkorlikni boshlash, soliq, yer, kommunal xizmatlar, kredit olish, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish kabi yo‘nalishlarda ko‘plab masalalar ko‘rib chiqildi. Qabulda tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Nurbek Razzoqov ham ishtirok etdi.
Qabul natijalari asosida muammolar yechimi yuzasidan aniq choralar belgilanib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.