insurez
08-10-2024 09:14

Kattaqo‘rg‘onda qishloq xo‘jaligida innovatsiya: mosh yetishtirishdagi yangi texnologiyalar orqali katta iqtisodiy samara


Kattaqo‘rg‘on tumanida mosh yetishtirish sohasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilda tumanda 8926 gektar maydonga g‘alla ekilib, mo‘l hosil olindi. Gʻalladan bo‘shagan yerlarning qariyb 6 ming gektarida takroriy ekin sifatida mosh yetishtirilmoqda, buning natijasida 6 ming tonna hosil olinib, 10 ming so‘m narx bilan sotilganda fermerlar 60 milliard so‘mlik daromad olishi mumkin.

Boltabek mahallasidagi “Boltabek” fermer xo‘jaligi raisi Azamat Sanaqulov mosh yig‘ishtirish uchun maxsus moslama yaratdi. Bu yangilik qo‘l mehnatiga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirib, gektariga ketadigan xarajatlarni sezilarli darajada arzonlashtirdi. Ilgari har gektar uchun 1,5-1,8 million so‘m sarflanar edi, yangi moslama orqali bu xarajatlar 300-400 ming so‘mgacha kamaydi, bu esa fermerning daromadini sezilarli oshirdi.

Azamat Sanaqulovning mazkur innovasion yangiligi qishloq xo‘jaligida yangi texnologiyalarni joriy etishning ahamiyatini ko‘rsatib, boshqa fermerlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu tajribani boshqa joylarda ham tatbiq qilish orqali katta iqtisodiy samaraga erishish mumkin.

Teglar
- -