insurez
23-10-2025 09:17

Kattaqo‘rg‘onda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun yangi imkoniyat!


👫Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa nogironligi bo‘lgan bolalar hamda ularning oilalari ya'ni ota-onalari uchun qulay sharoitlar yaratish yo‘lida ezgu ishlar izchil davom ettirilib kelinmoqda.

💻 Kattaqo‘rg‘on tumani “Mirzo Ulug‘bek” mahallasida tadbirkor Ijobat Muhammadiyeva tashabbusi bilan davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan “ZAXRO ORIGINAL EDUCATION” MCHJ kunduzgi parvarish markazi o‘z faoliyatini boshladi.

🎙Ochilish marosimida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sherali Yuldashev, Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, soha mutasaddilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

☺️ Bu maskanda 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi mavjud bolalarga kunduzgi parvarish xizmati ko‘rsatiladi. Markazda 3 dan ortiq malakali mutaxassislar bolalar bilan ta’lim, logoped xizmati, musiqa, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, mehnat ko‘nikmalari va boshqa yo‘nalishlarda ishlaydi.

🏃Bunday tashabbuslar nafaqat bolalarning rivojlanishiga, balki ular oilalarining bandligini ta’minlash orqali oilalarga qo‘shimcha daromad kirishiga xizmat qiladi.

Teglar
- -