Kattaqo‘rg‘onda aholi va tadbirkorlar muammolari tinglandi
Bugun Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Yoshlik” istirohat bog‘ida aholi uchun keng qamrovli sayyor qabul tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbariyati, Samarqand viloyati Majburiy ijro byurosi boshlig‘i hamda tuman rahbarlari ishtirok etdi.
Sayyor qabul jarayonida ishsizlikni bartaraf etish, ijtimoiy yordam ko‘rsatish, aliment undirish, uy-joy masalasi va turli ijtimoiy muammolar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi. Fuqarolarning har bir masalasi alohida ko‘rib chiqilib, yechimini topish uchun mas’ullar belgilandi.