Kattaqo‘rg‘on tumanida tashqi reklama va peshlavhalar davlat tiliga moslashtirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli tashqi reklama va peshlavhalar o‘rganildi.
Charog‘on va Mirzo Ulug‘bek mahallalarida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganilib, qonun talablariga rioya etmagan YATTlarga tegishli reklamalar va peshlavhalar bartaraf etildi.
Tuman hududidan o‘tuvchi Balandravot, Polvontepa, Qoradaryo, Zarqo‘rg‘on, Navbahor, Olmazor, Alijon va Uyshun mahallalarida qonunga zid tashqi axborot vositalari demontaj qilindi.
Ushbu choralar davlat tilining nufuzini oshirish, vizual axborotlarni qonuniy talablarga muvofiq tarzda joylashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.