Kattaqo‘rg‘on tumanida chorvachilik: naslini yaxshilash va mahsuldorlikni oshirishda yangi bosqich
Kattaqo‘rg‘on tumanida qoramollarni naslini yaxshilash va mahsuldorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuqori samara bermoqda. Chorvachilik sohasidagi bu sa’y-harakatlar nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshirish, balki xalq farovonligini yaxshilashga ham xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda tumanda zarur jihozlar: homiladorlikni aniqlash uchun 2 ta “O‘zi” apparati, 36 ta d’yuar idishlar, 36 tap mikroskoplar va boshqa asbob-anjomlar bilan ta’minlangan malakali mutaxassislar faoliyat olib bormoqda.
Natijalar: raqamlarda innovatsiya
2024 yil boshidan buyon 18 ming boshdan ortiq qoramol sun’iy urug‘lantirildi va natijada 16 ming boshdan ortiq naslli buzoqlar tug‘ildi. Bu ko‘rsatkich sun’iy urug‘lantirishning yuqori samaradorligidan dalolat beradi.
Importga muqobil yechim
Chetdan bir bosh naslli buzoqni olib kelish o‘rtacha 1000 dollarga tushadi. Bundan tashqari, chet eldan keltirilgan qoramollar iqlim sharoitimizga moslashgunga qadar mahsuldorlik yo‘qolishi va 15-20 foiz chiqimga yo‘l qo‘yilishi mumkin. O‘zimizda tug‘ilgan buzoqlar esa sharoitga moslashgan holda tug‘ilib, yuqori mahsuldorlik va kasalliklarga chidamlilikni namoyon etmoqda.
Yaqin istiqbol
Kattaqo‘rg‘on tumanida qoramolchilik sohasi rivojlanishining bu yo‘nalishi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish yo‘lida muhim qadam bo‘lib, kelgusida aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Sun’iy urug‘lantirish jarayonini yanada takomillashtirish, xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish kelajakda yuqori natijalarga erishishga asos bo‘ladi.
Bu tashabbus xalqimizga nafaqat moliyaviy tejamkorlik, balki ekologik barqarorlik va sog‘lom qoramol zotlarini ko‘paytirishga yo‘l ochadi.