insurez
30-04-2025 09:50

Kattaqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilayotgan ishlar: Xalq manfaatlari yo‘lida


So‘nggi yillarda tumanimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan vazifalarni ijro etish, xalqimizning turmush darajasini yaxshilash, iqtisodiyotni rivojlantirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, maktabgacha ta’lim muassasalarini ko‘paytirish va boshqa muhim masalalarni hal qilish bo‘yicha bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2023-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi doirasida 24 ta yangi nodavlat oilaviy bog‘chalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, 3-7 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini 68,2 foizga yetkazish, tumanning Charog‘on mahallasidagi –sonli politexnikum huhudidagi bo‘sh turgan 60 sotix yer maydonida 600 o‘rinli DXSH asosidagi Xususiy maktab binosi qurish, Qoradaryo” mahallasida joylashgan 54-sonli maktabi hududida bo‘sh turgan yer maydonida Davlat-xususiy sheriklik 200 o‘rinli xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish, “Kadan” mahallasida joylashgan 15-sonli maktabi hududida bo‘sh turgan yer maydonida Davlat-xususiy sheriklik 180 o‘rinli xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish,  Jami sanoat mahsuloti hajmida hududiy sanoat hajmining ulushini 2025-yilda 108,5 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2025-2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi doirasida Kattaqo‘rg‘on tumani «Zarko‘rg‘on» MFYdagi 35-son MTTni rekonstruksiya qilish, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining qurilish ishlari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, yangi quriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida olib borilayotgan ishlarni, shu jumladan nogironligi bo‘lgan bolalarga "to‘siqsiz muhit" yaratish ustidan doimiy nazorat qilish va keng jamoatchilikni jalb qilish mexanizmlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

"Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida Kattaqo‘rg‘on tumani "Jizmonsoy" MFY aholisi tomorqa yerlarida sug‘orishni yaxshilash uchun quduq qazish va polietilen tarmoq tortish, Kattaqo‘rg‘on tumani "Burgansoy" MFY aholisi tomorqa yerlarida sug‘orishni yaxshilash uchun quduq qazish va polietilen tarmoq tortish, Kattaqo‘rg‘on tumani "Bunyodkor" MFY aholisi tomorqa yerlarida sug‘orishni yaxshilash uchun ariqlarni betonlashtirish va "Narpay" kanaliga nasos o‘rnatish, Kattaqo‘rg‘on tumani "Yovi" MFY aholisi tomorqa yerlarida sug‘orishni yaxshilash uchun ariqlarni betonlashtirish, quduq qazish va "Narpay" kanaliga nasos o‘rnatish, Kattaqo‘rg‘on tumani "Yangiobod" MFY aholisi tomorqa yerlarida sug‘orishni yaxshilash uchun ariqlarni betonlashtirish va "Narpay" kanaliga nasos o‘rnatish loyihalari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, asosiy kapitalga kiritiladigan investisiyalar hajmining yillik o‘rtacha 9,7 foiz atrofida o‘sishini ta’minlash, 2025-yilda 65 mln dollar investisiya jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Barcha loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish uchun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati tomonidan muntazam nazorat olib boriladi. 

Biz tumanimizni yanada rivojlantirish, xalqimiz turmushini yaxshilash yo‘lida birlashib, hamkorlikda ish olib borishimiz zarur. 

Hurmatli Kattaqo‘rg‘on tumani aholisi, sizlarning fikrlaringiz, takliflaringiz va muammolaringiz biz uchun muhim. 


Muhiddin Teshayev
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri

Teglar
- -