insurez
14-07-2025 16:05

KATTAQO‘RGʻON TUMANIDA 6 MAHALLA KOMPLEKS RIVOJLANTIRILADI


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 28 martdagi “Islom taraqqiyoti banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Kattaqo‘rg‘on tumanida qishloq aholi punktlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.


Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida tumandagi Polvontepa, Balandravot, Qoradaryo, Olmazor, Uyshun va Navbahor mahallalari tanlab olindi.

Mazkur mahallalarda aholining infratuzilma, ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlari o‘rganilib, rivojlantirishga oid aniq rejalar ishlab chiqildi. Manzilli ro‘yxat asosida muhim subloyihalar belgilab olindi.

Bugun ushbu loyihalar yuzasidan tashkil etilgan muhokamada mahallalarda faoliyat olib borayotgan tashabbuskor guruhlar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar taqdimot qilindi.

Tadbirda BMT Taraqqiyot Dasturi xodimlari, loyiha guruhi vakillari, hokimlik mutasaddilari, mahalla raislari hamda fuqarolar faol ishtirok etdi.

Muhokamalar davomida ishtirokchilar o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi, mutaxassislar tomonidan barcha savollarga atroflicha javoblar berildi.

Yakunda mahallalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar, mas’ullar va muddatlar aniq belgilab olindi.

Teglar
- -