Kattaqo‘rg‘on tumani tibbiyotida yangilanishlar: Sifatli xizmat, zamonaviy uskunalar va insonparvar yondashuv
2024–2025 yillarda Kattaqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi faoliyatida tizimli islohotlar, yangi loyihalar va zamonaviy uskunalar orqali tibbiy xizmat sifatini oshirishga jiddiy e’tibor qaratildi.
Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
Hotin-qizlar salomatligini muhofaza qilish maqsadida 2024 yil aprel oyida 1300 nafar ayol mobil mammografiya apparati orqali imtiyozli onkoskriningdan o‘tkazildi. Ayollar maslahatxonasida zamonaviy onkoskrining xonasi tashkil etilib, kolposkopiya apparati ishga tushirildi. 875 nafar ayol tekshirilib, ulardan 164 nafari Samarqand viloyat onkologiya shifoxonasiga yo‘llandi.
Belorussiya bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda
Sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlik doirasida Belorussiyaning Orsha shahridan 9 nafar tor soha shifokorlari tumanda bo‘lib, tajriba almashdi. Iyun oyida 16 nafar tuman tibbiyot xodimi Orshada malaka oshirib qaytdi.
Yangi binolar va infratuzilma yangilanishi
Melixo‘ja MFYda Gulobod tibbiyot punkti ish boshladi.
Markaziy shifoxonada MSKT (kompyuter tomografiyasi) apparati o‘rnatildi.
4620 m² maydonda avtoturargoh va ichki yo‘laklar to‘liq asfaltlandi.
Uskunalar bilan ta’minlash
Tumandagi tibbiyot muassasalari IVL, UZI, kardiomonitor, laboratoriya uskunalari, oftalmologik va stomatologik jihozlar, kislorod konsentratorlari, chakaloqlar uchun kuvez va boshqa zamonaviy tibbiy texnika bilan ta’minlandi.
Kardiologiya bo‘yicha mustahkam qadamlar
Angiograf apparati yordamida 3000 nafar fuqaro tekshiruvdan o‘tkazildi. 566 nafarga koronarografiya o‘tkazilib, 2 bemorga stent qo‘yildi, 1 yurak porokli bemor muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotidan o‘tdi. 50 nafar shifokor maxsus kursda o‘qib, sertifikat oldi.
Byudjet va homiylar hissasi
Tug‘ruqxonaga 2 dona kuvez, terapiya bo‘limiga 20 ta televizor, kondisioner o‘rnatildi.
Omonkalxat va Omonboy PAP binolari homiylar hisobiga ta’mirlandi.
305 tonna ko‘mir olib kelinib, 6 ta zamonaviy qozon o‘rnatildi.
“Yashil makon” loyihasi doirasida
Juma yo‘li yoqasidagi 1,5 gektar yerda “Shifokorlar bog‘i” tashkil qilindi. Bu nafaqat ekologik loyiha, balki tibbiyot xodimlari uchun dam olish hududi ham hisoblanadi.
Raqamlashtirish — zamonaviy tibbiyot talabi
Tuman tibbiyotida D-MED elektron axborot tizimi joriy etildi. 30 ta kompyuter, infokiosk va texnik jihozlar olib kelindi. Bundan tashqari, 5 ta kompyuter, 14 ta printer va videokuzatuv kameralari o‘rnatildi.
Tug‘ruqxona va reabilitatsiya markazlari yangilandi
“Ishonch–2030” loyihasi asosida tug‘ruqxona 5 turdagi zamonaviy uskunalar bilan ta’minlandi. Kattaming va Moybuloq OPlarida 20 o‘rinli reabilitatsiya bo‘limlari faoliyat boshladi. Terapiya bo‘limi to‘liq ta’mirlandi.
Vohid Xudoyqulov,
Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i