Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori vazifasini bajaruvchi Nozimov Mirzaxon Xojiyevichning huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tumanimiz aholisiga yo‘llagan MUROJAATI
Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori vazifasini bajaruvchi Nozimov Mirzaxon Xojiyevichning huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tumanimiz aholisiga yo‘llagan MUROJAATI
Assalomu alaykum, hurmatli Kattaqo‘rg‘on tumani aholisi!
Barchangizga ma’lumki, har qanday mamlakatning taraqqiyoti
va yuksalish darajasi aholi osoyishtaligi va xavfsiz hayotini hamda jinoyat uchun jazo muqarrarligini ta’minlash samaradorligi bilan baholanadi.
Hurmatli Prezidentimizning rahbarligida mamlakatimizda barcha sohalarda ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bu islohotlarning tub mohiyati avvalo inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Muhtaram Prezidentimizning mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha PQ-1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash, Siz azizlarni jinoyatlardan jabrlanib qolish ehtimolingizni oldini olish maqsadida tumanimizdagi kriminogen vaziyat yuzasidan mazkur murojaatimni yo‘llamoqdaman.
Bu borada “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli “konsepsiya” hayotga tatbiq etilgan.
Unga ko‘ra, “Mahalla yettiligi”ning mahallalarda huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan ishlash borasida aniq vazifalari belgilab berilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoat tashkilotlari bilan hamkorligi kuchaytirildi.
Eng asosiysi, bu soha huquqbuzarliklar oqibati bilan kurashish emas, balki ularning barvaqt oldini olish zarurligi haqidagi muhim hayotiy siyosiy tamoyil asosida isloh qilinmoqda.
Hurmatli fuqarolar !
Tuman hududida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish
va huquqbuzarlikka qarshi kurashish bo‘yicha joriy yilning o‘tgan davrida muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, tumanda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish
va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar holati atroflicha o‘rganilib, xalq deputatlari Kengashining qo‘shma yig‘ilishlarida tanqidiy muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilingan.
Jinoyatlarning soni oshgan ayrim mahallalarda jinoyat sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlar o‘rganilib, har bir jinoyat turi bo‘yicha ularning barvaqt oldini olishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Shunga qaramasdan, joriy yilning noyabr oyida tumanda oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar o‘tgan oyga nisbatan 2 taga ko‘paygan.
Ushbu oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar, jumladan o‘g‘irlik jinoyati tumandagi “Kattaming”, “Qoqsoy”, “Melixo‘ja”, “Tarnov” va “Jizmonsoy” mahallalarida, tan jarohat yetkazish jinoyatlari “Qo‘shhovuz”, “Jumaboy”, “Saroyqo‘rg‘on” va “Omonboyko‘prik” mahallalarida, oilaviy zo‘ravonlik jinoyatlari “Qoradaryo”, “Yodgorxo‘ja” va “Zarqo‘rg‘on” mahallasida sodir bo‘lgan.
Ushbu mahallalarda sodir bo‘lgan o‘g‘irlik jinoyati asosan fuqarolarning qoramollarini qarovsiz qoldirilishi natijasida sodir bo‘lgan.
Tan jarohati bilan bog‘liq jinoyatlarning fuqarolarning muomila madaniyatiga rioya qilmasligi, oilada mehr-muhabbatni, o‘zidan yoshi kattalarni hamda bir-birini hurmat qilmasligi va qonunlarga bo‘ysunmasligi sabab bo‘lmoqda.
Tumandagi 69 ta mahallaning 26 tasida jinoyat sodir etilmagan bo‘lsa, 34 tasida barqaror saqlangan va kamaygan, 9 tasida jinoyat sodir etilib, 9 (13%) tasida oshgan.
Misol uchun, tumandagi “Qoradaryo” MFYda 11 oy davomida 21 nafar shaxslar tomonidan 17 ta jinoyat sodir qilingan bo‘lib, shuning 7 tasi mahalla hududida yashovchilar tomonidan, 10 tasi boshqa tumanlarda yashovchi fuqarolar tomonidan sodir qilingan.
Aziz hamtumanlar, tuman hududida sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishda olib borilayotgan profilaktik ishlarga e’tiborsiz bo‘lmang, ushbu tadbirlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yaqindan yordamingizni ayamang, qonunlarga rioya qiling.




