Kattaqo‘rg‘on tumani mahalla tizimi xodimlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi
Tadbirning ochilishda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov hamda uyushmaning tuman bo‘limi boshlig‘i G‘ayrat To‘ychiyev, mahalla raislari ishtirok etdi.
Tadbirda mas’ullar tomonidan mahalla institutining samarali faoliyat olib borish mexanizmlari, mahallalarda aholi bilan muloqotni samarali yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida hal etish, fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni sifat jihatidan yaxshilash masalalari atroflicha yoritilmoqda.
O‘quv-seminar yakunida esa mahalla xodimlari uchun kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilanib olinishi ko‘zda tutilgan.