Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 24 oktyabr kuni Kattaqo‘rg‘on tumani xalq deputatlari Kengashining yettinchi chaqirig‘i, o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid qator muhim masalalar muhokama qilindi.
Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalar:
1. Tuman hokimi J.Nasriddinovning Mahalla tizimini rivojlantirish bo‘yicha islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha vazifalar to‘g‘risidagi murojaati eshitildi.
2. Kattaqo‘rg‘on tumanida 2025-2026 yillar novegetatsiya mavsumida sug‘orish ishlari uchun ajratilgan suv limiti tasdiqlandi.
3. Kattaqo‘rg‘on tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026 yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam soni belgilandi va zaxiraga qo‘yildi.
4. Tuman mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi.
5. “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 11 oktyabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq, Kattaqo‘rg‘on tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2025 yil uchun manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.
7. Xalq deputatlari tuman Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.
8. Tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Ochilovning 2025 yilning III chorak yakunlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni aniqlash, ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti eshitildi.
9. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M.Zavqiyevning “Tuman mahalliy byudjetining 2025 yil III chorak ijrosi hamda IV chorak rejalari hamda “Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha tuman ishchi komissiyasining 2025 yil III chorak yakuni bo‘yicha hisoboti eshitildi.
10. Tuman hokimining o‘rinbosari M.Rasulovning “Kuz-qishga tayyorgarlik holati (isitish tizimi), ko‘p qavatli uy-joylarni kanalizatsiyasi tizimga ulanishi hamda ijtimoiy soha ob’yektlari (maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar va tibbiyot muassasalari)da amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti eshitildi.
11. Tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i V.Xudoyqulovning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 maydagi “2025-2030 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-186-sonli Qarori ijrosi yuzasidan tumanda bajarilgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti eshitildi.
12. Aholi farovonligini ta’minlash va mahallalardagi mavjud muammolarni hal etishda Yakkabog‘ mahallasining “Mahalla yettiligi” tomonidan 2025 yil davomida olib borilayotgan ishlari hamda kelgusida bajariladigan vazifalar to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.
Sessiyada infratuzilma va ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish, ichki yo‘llarni ta’mirlash va saqlash bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlash kabi muhim qarorlar qabul qilindi.
Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining ushbu sessiyasi tumanning kelgusi rivojlanish yo‘lini belgilab beruvchi muhim voqea bo‘ldi. Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar tuman aholisining farovonligini oshirishga, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga qaratilgan.




