insurez
05-07-2024 15:54

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi


Shirinov Obidjon Gʻaniqulovich – Kattaqo‘rg‘on tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bungacha O.Shirinov tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Bunga qadar shu lavozimda ishlagan Ismoilov Dilshod Bahriddinovich - Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi rahbari lavozimiga munosib kuzatildi.

Yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosari Husan To‘xtayev, tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sarvar Boboyev, sektor rahbarlari va tegishli soha vakillari ishtirok etdi.

Teglar
- -