insurez
16-09-2024 17:00

Kattaqo‘rg‘on tumani Chig‘atoy mahallasida 9-maktabga qo‘shimcha bino qurilmoqda


Kattaqo‘rg‘on tumani Chig‘atoy mahallasidagi 9-maktabga 1.7 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanib, 140 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurilmoqda. Mazkur qurilish ishlari, maktabdagi o‘quvchilar sonining ortib borayotganligi va ta’lim sifatini yanada yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Qo‘shimcha binoning qurilishi maktabda o‘quvchilarga qulay va zamonaviy sharoitlarni yaratishga xizmat qilib, jamiyatning yosh avlodga e’tiborini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Bino qurilishi yakunlangach, o‘quvchilar yangi zamonaviy sinf xonalarida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Teglar
- -