insurez
20-08-2024 16:00

Kattaqo‘rg‘on tumani Andoqsoy mahallasidagi Andoqsoy turizm maskanida tadbirkor To‘lqin Xayrullayev tomonidan "Baxor" zamonaviy dam olish maskanining qurilish ishlari boshlandi.


 Mazkur loyiha qiymati qariyb 4,0 milliard so‘mni tashkil etadi va uning doirasida hududda yuqori darajadagi sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Tadbirkor To‘lqin Xayrullayevning bu tashabbusi hududdagi turizm salohiyatini sezilarli darajada oshirishi, shu bilan birga mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari, mazkur dam olish maskani mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb qilish orqali hudud iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Bu tashabbus hududning umumiy infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, shu bilan birga Kattaqo‘rg‘on tumanida turizm sohasidagi imkoniyatlarni yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda. 

Hududning tabiiy va madaniy boyliklarini o‘zida jamlagan Andoqsoy turizm maskani kelgusida nafaqat mahalliy, balki chet ellik sayyohlar uchun ham jozibador nuqtaga aylanishi mumkin.

Teglar
- -