insurez
30-08-2024 13:27

Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasiga yangi MSKT apparati o‘rnatildi: bemorlar uchun zamonaviy va samarali diagnostika imkoniyati


Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasiga yangi "Multispiral kompyuter tomografiyasi" (MSKT) apparatining o‘rnatilishi tuman tibbiyotining yangi bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Bugun ushbu zamonaviy apparatni foydalanishga topshirishi o‘tkazilib, unda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Suxrob Zayniyev va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yangi MSKT apparati turli kasalliklar va jarohatlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, yurak-tomir, o‘pka, jigar, buyrak va boshqa ichki organlarni tekshirish uchun ham qo‘llaniladi. Bu apparat yordamida bemorlarning holatini tez va aniq tashxis qilish, ularning ahvolini zudlik bilan baholash va zarur bo‘lganda tezkor tibbiy choralar ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Endi kattaqo‘rg‘onlik bemorlar ushbu zamonaviy apparatning yordamida viloyat markazi yoki Toshkentga bormasdan, tumanning o‘zida arzon va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu esa vaqt va mablag‘ tejashda katta ahamiyat kasb etadi.

Teglar
- -