Kattaqo‘rg‘on tuman sudida muhim seminar yig‘ilishi tashkil etildi
Kattaqo‘rg‘on tuman sudida tuman sudlari ishtirokida "Sud qarorlari ijrosi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish" mavzusida seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tuman majburiy ijro byurosi bo‘limi, bank xodimlari, kadastr va qurilish bo‘limlari vakillari ishtirok etdi. Seminarda sud qarorlarini amalga oshirishdagi muammolar, ijro jarayonlari, moliyaviy va huquqiy masalalar muhokama qilindi.
Tadbirda sud qarorlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlashda tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini mustahkamlash masalalari ham kun tartibida bo‘ldi.