insurez
06-07-2024 09:14

Kattaqo‘rg‘on: Ilmiy tajriba


 Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashining Samarqand viloyati ishchi guruh a’zolari hamda Xitoylik urug’chi agronom Wu Jian Jun
bilan Kattaqo’rg’on tumani “Xo’shal” fermer xo’jaligida ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi.

G‘o‘zalarning vegetativ holatini ko‘zdan kechirgan xitoylik agronom mutaxassis, kimyoviy ishlov asosida navni hosilga o‘tkazish, vegetatsiya davrida alohida nazorat olib borish, ularning aprobatsiyasini to‘g‘ri va o‘z muddatida o‘tkazish, navbatdagi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda e’tibor qaratilishi lozim   bo‘lgan jihatlar yuzasidan yo’nalish va ko’rsatmalar berib o’tdi.

 Bu omillar, albatta, mazkur g‘o‘za navlaridan kutilayotgan hosilning yuqori bo‘lishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi bor gap. Ilmiy yondashuv asosida g‘o‘za parvarishidagi har bir agrotexnik tadbir o‘z vaqtida va to‘g‘ri tashkil etilsagina, gektaridan o‘rtacha 70-80 sentner hosil olish mumkin bo‘ladi.

Teglar
- -