insurez
17-07-2024 08:47

Kattaqo‘rg‘on 2-sektori yoshlarining Samarqandga sayohati


Mamlakatimiz taraqqiyoti har tomonlama o‘sib-o‘nib kelayotgan navqiron avlodning ta’lim tarbiyasi, ma’naviyati va madaniyati bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois, yoshlarning tarixiy va madaniy merosimiz bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega.

Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tashabbusi bilan 2-sektor hududidagi bir guruh otaliqqa olingan yoshlar, tuman prokurori o‘rinbosari Asqar Yusupov boshchiligida, Samarqandning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga sayohat qilib qaytishdi.

Sayohatdan so‘ng yoshlarimizni 2-sektor shtabidan tuman prokurori Shuxrat Xolmurzayev kutib olib, ularning taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va dildan suhbat qurdi. 

Bu tadbir yoshlarimizning bilim va tajribalarini boyitish, ularni Vatanimiz tarixi va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi.

Teglar
- -