KADAN MAHALLASIDA TUMAN HOKIMI FUQAROLAR QABULINI O‘TKAZDI
🔻Bugun Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov Kadan mahallasida joylashgan mahalla binosida sayyor qabul o‘tkazdi.
🔺Qabul davomida aholi vakillari tomonidan turli masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Jumladan, moddiy va tibbiy yordam, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minotini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko‘maklashish, oilaviy va ijtimoiy muammolar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
🔹 Har bir murojaat yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot va muassasalar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
🔹Mazkur qabul aholining muammolarini joyida o‘rganish, amaliy yechim topish va davlat idoralari bilan fuqarolar o‘rtasida ochiq muloqotni ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.