insurez
12-09-2024 15:54

Kadan mahalladagi bog‘cha yangidan qurilayapti: ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan qadam


Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Kadan mahallasida joylashgan 10-maktabgacha ta’lim muassasasi eski holatida ta’lim berish uchun yaroqsiz bo‘lib qolgan edi. 

Hozirgi vaqtda ushbu ob’yektni to‘liq qayta qurish ishlari "MARUF JALIL" MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. 120 o‘rinli mazkur muassasani yangilash loyihasi umumiy qiymati 4,5 milliard so‘mni tashkil etadi.

Yangilangan bog‘cha nafaqat ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, balki mahalladagi yosh bolalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Teglar
- -