insurez
12-02-2025 13:35

Hindistonning nufuzli klinikasi mutaxassislari Kattaqo‘rg‘onda!


Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida Hindistonning ARTEMIS ko‘p tarmoqli gospitali mutaxassislari bemorlar uchun tibbiy qabul o‘tkazmoqda. Jahonning TOP 7 klinikalari qatoridagi ushbu tibbiyot muassasasi yuqori malakali mutaxassislari va zamonaviy davolash uslublari bilan tanilgan.

12-13 va 20-22 fevral kunlari tumanda gastroenterolog, gepatolog, transplantolog, proktolog, ortoped, urolog va endoskopistlar qabul o‘tkazadi. Ular oshqozon, ichak, jigar, buyrak va suyak kasalliklari bo‘yicha zamonaviy diagnostika ishlarini olib bormoqda.

Hindistonga borishga hojat yo‘q – eng tajribali xalqaro mutaxassislar endilikda Kattaqo‘rg‘onda! Bu imkoniyatdan foydalaning va salomatligingiz haqida bugun qayg‘uring!

Teglar
- -