📄Har bir murojaat – e’tiborimizda!
Insonlarning dardu-tashvishlarini o‘ylab yashash - odamiylikning eng oliy mezonidir.
Sh. M. Mirziyoyev
Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, tuman prokurori Mirzaxon Nozimov hamda mas’ul tuman rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan qator dolzarb masalalar, jumladan, ichimlik suvi ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi, moddiy va tibbiy yordam, oilaviy muammolar hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaat va takliflar tinglandi.
Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, ularni o‘rganish va manzilli hal etish uchun mas’ul tashkilot va mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bunday ochiq muloqotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholining muammo va takliflarini joyida eshitish, ularni amalda hal etish hamda fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdan iboratdir.