insurez
16-07-2025 10:53

GʻALLA YETISHTIRUVCHI SUB’YEKTLAR DIQQATIGA!


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PQ–106-sonli “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 18 martdagi 166-sonli “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasida “E-urug‘” axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yetishtirish huquqini olish bo‘yicha elektron tanlovlar 2025 yil 15 iyuldan 5 avgustga qadar “E-urug‘” (e-seeds) axborot tizimi orqali o‘tkazilishi belgilangan.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan sub’yektlar 15 iyuldan 5 avgustga qadar mazkur tizim orqali belgilangan tartibda ariza topshirishlari mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi orqali olishingiz mumkin.
📞 Murojaat uchun telefon: 93 -228-49-96

Teglar
- -