Fuqarolar bilan ochiq muloqot — xalq manfaati yo‘lidagi muhim qadam
Kattaqo‘rg‘on tumani Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabulda aholi tomonidan elektr va tabiiy gaz ta’minoti, kredit olish, moddiy va tibbiy yordam, shuningdek boshqa ijtimoiy masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, joyida hal etish yoki belgilangan tartibda yechim topish bo‘yicha mutasaddilarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini bevosita o‘rganish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va davlat idoralari faoliyatini xalqqa yanada yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda.




