insurez
18-12-2024 09:08

Elektron savdo platformasi orqali yutib olingan yer uchastkalarini rasmiylashtirish tartibi


Savol:
Men yashash hududimdan e-auksion.uz savdo platformasi orqali uy-joy qurish uchun 4 sotixli yerni yutib oldim. Endi uni qanday tartibda rasmiylashtiraman?

Javob:
e-auksion.uz savdo platformasi orqali auksion g‘oliblari uchun mulkni rasmiylashtirish jarayoni qulay va masofadan turgan holda amalga oshiriladi.

Quyidagi tartiblarga rioya qilish lozim:

1. To‘lovlarni amalga oshirish:
Savdo platformasi orqali sotib olingan yer uchastkasining qiymatini to‘liq (100%) yoki 15% dastlabki to‘lovni amalga oshirish mumkin.

100% to‘lov qilganda umumiy summaning 20% chegirma beriladi.

15% to‘lov qilinsa, qolgan summa 5 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi (O‘zbekiston Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi bilan).

2. Elektron shartnoma imzolash:
e-auksion.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali buyurtmachi bilan elektron oldi-sotdi shartnomasini imzolash lozim.


3. Hujjatlarni yuklab olish:
To‘lovlarni amalga oshirgandan keyin shaxsiy kabineta kirib:

Davlat orderini,

Kadastr palatasi tomonidan berilgan ko‘chmas mulk ob’yektiga bo‘lgan huquqlar haqidagi davlat reyestridan ko‘chirmani QR kodli formada yuklab olish mumkin.

4. Huquqlarni rasmiylashtirish:
Yer uchastkasini mulk yoki ijara huquqi asosida rasmiylashtirish uchun platformada ko‘rsatilgan yo‘riqnomalarga amal qilish kifoya.

Eslatma:
Barcha jarayonlar masofadan turgan holda, e-auksion.uz platformasining "Ishtirokchi menyusi" orqali amalga oshiriladi. Barcha hujjatlar elektron shaklda rasmiylashtiriladi va saqlanadi.

Qaxramon Eshankulov
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ Samarqand viloyati hududiy vakili

Teglar
- -