insurez
05-07-2024 15:54

Davlat zaxirasi, klaster va fermerlar omborlari donga to‘ldi


Fermer xo‘jaliklari va klasterlarning tajribasi, zamonaviy texnika va eng so‘nggi texnologiyalarni qo‘llash evaziga yuqori hosil ko‘tarilib, g‘allaning o‘rtacha hosildorligi 70-75 syentnerni tashkil qildi. 

Bu yil 223 nafar fermer xo‘jaliklari tomonidan 8926 gektar yer maydoniga don mahsuloti ekildi. Umumiy hisobda 22 ming tonnadan ortiq don mahsulotlari rejasi bajarildi. Qolaversa, klaster va fermerlar omborlari ham donga to‘ldi. 

Paxtakor, Juma Hayitov, Kattaqo‘rg‘on maskasi, E.Qurbonov, Orzi Mahmudov va Mardi Sultonov hududlari birinchilardan yuqori hosil olishga katta hissa qo‘shdi. Ilg‘or fermer xo‘jaliklari “Ixtiyor Hamdamov”, “Negmatov Azizbek”, “Xushnudbek Shavkat” va “Organik Produkt Of Jonkel” tomonidan 100 syentnergacha hosil olinishiga erishildi. Qolgan fermer xo‘jaliklari g‘alla hosilining oshig‘i bilan bajarilishiga o‘z hissasini qo‘shdilar. Gʻalla hosilini yig‘ishtirib olishga 28 ta otryad, 28 ta kombayn va 56 ta operator jalb qilindi. 

Hali dalalarimizda hosil bor. Davlat shartnomaviy rejasining bajarilishiga munosib hissalarini qo‘shgan fermer xo‘jaliklari, kombaynchi-mexanizatorlarni mehnati katta bo‘ldi. Xirmoningiz bundan-da yuksalaversin, aziz Kattaqo‘rg‘onlik g‘allakorlar.

Teglar
- -