Bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari nazoratda
Bugun Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov boshchiligida sektor rahbarlari va tegishli mas’ullar ishtirokida Mundiyon, Kadan, Mo‘llako‘rpa va Yakkabog‘ mahallalarida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Unda yo‘llarni ta’mirlash, aholi uchun qulay infratuzilma yaratish, atrof muhitni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Hokim har bir ob’yektdagi holatni o‘rganib, belgilangan vazifalarning ijrosini sifatli va o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Mazkur mahallalardagi bunyodkorlik ishlari aholining turmush sharoitini yaxshilash va hududlarni obodonlashtirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyatga ega. Obodonlashtirish ishlarining borishi tuman rahbariyati tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi.