insurez
11-07-2024 16:00

BOJXONA BOSHQARMASI BOSHLIGʻINING KATTAQO‘RGʻONDA TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILDI


Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi binosida tadbirkorlik sub’yektlari muammolari va ularning yechimlariga bag‘ishlangan Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i Ya.Mirzaraximovning sayyor uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tuman prokurori Shuxrat Xolmirzayev, tuman hokimi o‘rinbosari Obidjon Shirinov ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida bojxonachilar “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimi va “Eksport uch qadamda” tizimining afzalliklari, ushbu tizimlar orqali tadbirkorlarga tadbiq etilayotgan imkoniyatlar hamda bojxona to‘lovlaridan qo‘llanilayotgan imtiyozlar xususida batafsil ma’lumotlar berib o‘tishdi.

Teglar
- -