insurez

|

Ko'zi ojizlar uchun sayt versiyasi
17-12-2025 08:50

Bandlik yo‘lida samarali hamkorlik: nemis tili orqali xorijda ishlayotgan tumandoshimiz


Kadan mahallasida joylashgan "Turon Academy" o‘quv markazi hamda Kattaqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida ishsiz fuqarolarni kasbiy va til ko‘nikmalariga o‘qitish ishlari izchil yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, mazkur hamkorlik asosida ishsiz fuqarolar nemis tiliga bepul o‘qitilib, ularning xorijda qonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Jumladan, Kattaqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga xorijda ishlash istagi bilan murojaat qilgan Qumoq mahallasida yashovchi Farid Axmedovga "Turon Academy" o‘quv markazida olti oylik o‘quv kursi uchun bepul vaucher ajratilgan. Ushbu imkoniyatdan unumli foydalangan fuqaro nemis tili bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni egalladi.

Bugungi kunda Farid Axmedov Germaniyaning Frankfurt shahrida qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilib, oyiga o‘rtacha 1700–1800 yevro miqdorida daromad topmoqda. Bu kabi misollar aholini bandlikka jalb etish, kambag‘allikni qisqartirish hamda fuqarolarni xalqaro mehnat bozoriga tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasini yaqqol namoyon etadi.

Teglar
- -