Aziz kattaqo‘rg‘onliklar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan chin dildan tabriklayman!
Konstitutsiyamiz – bu xalqimizning erkinligi, huquqlari va manfaatlarini kafolatlovchi muqaddas hujjat, mamlakatimizning taraqqiyot yo‘lini belgilab beruvchi dasturdir.
Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimizning turmush darajasini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar Konstitutsiyamizning asosiy tamoyillariga asoslangan.
Barchangizni Konstitutsiya kuni bilan yana bir bor tabriklayman! Sizlarga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va oilaviy xotirjamlik tilayman!
Hurmat bilan, Jamshid Nasriddinov Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi.