insurez
22-08-2024 09:14

BURGANSOYDA PENSIYA BOSHQARMASI BOSHLIGʻI SAYYOR QABUL O‘TKAZDI


Kattaqo‘rg‘on tumanidagi chekka Burgansoy mahallasida Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i Abdujabbor Ne’matov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi. Ushbu qabulda Burgansoy va yaqin atrofdagi mahallalarda istiqomat qiluvchi 20 dan ortiq fuqarolar ishtirok etishdi. Qabul davomida fuqarolarning pensiya masalalariga oid turli murojaatlari tinglandi.

Abdujabbor Ne’matov har bir murojaatga alohida e’tibor qaratib, fuqarolarning muammolarini aniqlash va ularga yechim topish maqsadida tegishli ko‘rsatmalar berdi. Qabul jarayonida ayrim muammolar joyida hal etildi, qolgan murojaatlar esa keyingi rasmiy ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi.

Teglar
- -