insurez
21-10-2024 09:55

TA’ZIYANOMA

Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Rayim bobo Yusupovning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Rayim Yusupov 1925 yil 10 may kuni Kattaqo‘rg‘on tumani Tarnov mahallasi Jarboshi qishlog‘ida tug‘ilgan. U 1943 yilda harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, 2-Ukraina frontiga yuborilgan. 1945-1949 yillarda urushda qatnashgan.

Rayim Yusupov 1949 yilda Kattaqo‘rg‘onga qaytib, turmush o‘rtog‘i Ochiltosh ona Pirboyeva bilan birgalikda 7 nafar farzandni tarbiyalab, oilasiga mehr va sadoqat bilan yashagan.

Rayim bobo oramizdan ketgan bo‘lsa ham, uning jasorati va hayoti bizga har doim yorqin misol bo‘lib qoladi.

Teglar
Insurance Policy