Munosabat
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda "Kattaqo‘rg‘on tumani Kattako‘rpa qishlog‘ida "Open byudjet" loyihasi orqali g‘alaba qozonib, qishlog‘imizning barcha yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizgan edik. Hozirda qishlog‘imiz markaziy yo‘lining 2,5 kilometridagi asfalt qoplamasini buzmoqda", degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.
Bu holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-465-sonli qarori asosida Kattako‘rpa mahallasi orqali Damxo‘ja suv inshootidan Suv hovuzi hududidagi Go‘zal, Omonboyko‘prik, Yangiqiyot, Nomozpolvon, Kumushqirg‘oq va Saroyqo‘rg‘on mahallalariga jami 124 kilometr uzunlikda yangi suv tarmoqlari tortilib, 2 ta yangi 250 kublik suv inshooti qurilmoqda. Mavjud suv inshooti esa kapital ta’mirlanmoqda. Natijada, 3600 xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
Kattako‘rpa mahallasidan o‘tgan qisman joyi ehtiyotkorlik bilan 40 sm kesilib, suv quvurlari yotqiziladi va asfalt qoplamasi bilan qayta ta’mirlanadi.