Munosabat

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Yaqinda @Kusherbaevga_murojaat telegram kanalida "Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanidan murojaat qilyabman. Men «Ganiyev Abdimannon» fermer xo‘jaligini qonuniy merosxo‘riman. Tuman hokimligi yuristlari Alisher va Obid ismli shaxslar f/x muhrini olib kelsak yer ijara shartnomasi qilib berishni va’da qilishgandi. Lekin nafaqaxo‘r xolimda meni sarson qilishyabdi" mazmundagi maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi tomonidan tegishli soha mutaxassislari jalb qilingani holda tumanning “Valijon” MFY Valijon qishlog‘ida yashovchi fuqaro Ganiyev Sarvar Abdumannonovich va Hamdamova Farog‘atlarning mahalladoshi Jo‘rayev Shodalining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib qilgan bir necha murojaatlari S.Gʻaniyev va F.Hamdamovalarning bevosita ishtiroki ta’minlangani holda o‘rganib chiqqanimizda quyidagilar aniqlandi: 
Fuqarolar S.Gʻaniyev va F.Hamdamovalar o‘zlarining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan murojaatlarning – ularning oila a’zosi (otasi/turmush o‘rtog‘i) marhum Gʻaniyev Abdumannon Abdurasulovich “Gʻaniyev Abdumannon Abdurasulovich GXA” fermer xo‘jaligini tashkil qilib, 2007-yil 16-fevral kuni 1042-raqam bilan davlat ruyxatidan o‘tkazganligini, 2006-yil 27-dekabrdagi 971-Q-son qarori bilan tumandagi M.Sultonov nomli massivi qishloq xo‘jaligi yerlarida foydalanish xaritasidan maydoni 105,3 ga yer uchastkasi 50 (ellik) yilga uzoq muddatli ijaradan foydalanish uchun berilganligi, fermer xo‘jaligi faoliyati jarayonida A.Gʻaniyev 2007-yil 13-sentyabr kuni vafot etganligi, tuman hokimining 2007-yil 18-sentyabrdagi 588-Q-sonli qarori bilan marhum A.Gʻaniyevning turmush o‘rtog‘i O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasiga asosan F.Hamdamova fermer xo‘jaligi raisi etib tayinlangan.  
Shundan so‘ng, tuman hokimining 2010-yil 24-martdagi 245-Q-sonli qarori bilan fermer xo‘jaligi hisobchisi Sh.Jo‘rayevga fermer xo‘jaligi raisi F.Hamdamova sog‘lig‘i yo‘qligi sababli fermer xo‘jaligi raisligini boshqarishga ruxsat berilgan. 
Keyinchalik, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Mirshayev tomonidan 2022-yil 30-iyuldagi 20220237500/80/-raqam bilan qayd etilgan qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomaga asosan F.Hamdamova marhum A.Gʻaniyevning merosxuri deb topilib, unga fermer xo‘jalik hisobida bo‘lgan maydoni 105,3 ga yer uchastkasiga qolgan muddatga ijaraga olish huquqiga ega ekanligi ko‘rsatilgan. 
Biroq, tuman hokimligi tomonidan meros guvohnomasida ko‘rsatilganidek F.Hamdamova bilan yer uchastkasini uzoq muddatga ijaraga berish bo‘yicha shartnoma tuzish uchun xo‘jalikning dumaloq muhri va shtampi hozirda xo‘jalikni faqatgina boshqarishga vakolati bo‘lgan Sh.Jo‘rayevda saqlanayotganligi sababli Sh.Jo‘rayevga ushbu muhr va shtampani ixtiyoriy ravishda merosxo‘r F.Hamdamovaga topshirish lozimligi tushuntirilgan bo‘lishiga qaramasdan, ixtiyoriy ravishda topshirmaganligi sababli merosxur F.Hamdamova bilan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish shartnomasini tuzish imkoniyati mavjud emasligi tushuntirildi. 
Biroq, Sh.Jo‘rayev tuman hokimligi tomonidan berilgan tushuntirishga qaramasdan, nizoga sabab bo‘layotgan 105,3 ga yer uchastkasi va fermer xo‘jaligi unga tegishli ekanligi ma’lum qilib, o‘zining yillar davomida sarf qilgan harajatlarini vaj qilib, muhr va shtampani berishdan bosh tortdi. 
Bundan tashqari, S.Gʻaniyev va F.Hamdamovalarga agar muhr va shtampani Sh.Jo‘rayevdan olish imkoniyati bo‘lganda, yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish shartnomasiga o‘zgartish yoki qo‘shimcha kiritishga tuman hokimligi tomonidan qarshi emasligi e’tiroz yo‘qligi ma’lum qilindi. 
Shuningdek, S.Gʻaniyev va F.Hamdamovalarga Sh.Jo‘rayevdan muhr va shtampani majburiy tartibda olib qo‘yish to‘g‘risida tegishli tartibda huquq-tartibot idoralariga murojaat qilish mumkinligi hamda mazkurlarning murojaatida ko‘tarilgan masalani hal qilish tuman hokimligining vakolatidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga asosan olib tashlanganligi sababli sudga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida tushuntirildi.
O‘rganish yakuni bilan murojaatda ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar – F.Hamdamova, S.Gʻaniyev va Sh.Jo‘rayevlar o‘rtasida mediasiya kelishuvga erishib bo‘lmaganligi sababli, ularga nizoni sud tartibida hal qilish mumkinligi haqida tushuntirishlar berildi.

2015-2023 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM