MUROJAATNOMA DEPUTATLARDA DAXLDORLIK HISSINI KUCHAYTIRDI

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasini butun O‘zbekiston xalqi katta hayajon va qiziqish bilan kuzatdi.  Prezidentimizning so‘zlari xalqimizga katta umid va ishonch bag‘ishladi.
Murojaatnomada  oltita yo‘nalishda  amalga oshirish zarur bo‘lgan eng muhim islohotlar ilgari surildi  va bularning barchasi Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi. Yurtboshimiz  amalga oshirish ko‘zlanayotgan har bir  masalani tilga olar ekan, bu borada   deputatlarni yanada  faol, e’tiborli  bo‘lishga chorladi . «Deputat va senatorlar, mahalliy kengashlar ham bong urib, aniq sohalarni tahlil qilib, korrupsiyani bartaraf etish bo‘yicha faol bo‘lishlari kerak emasmi? Har bir deputat o‘zining okrugidagi byudjet hisobidan bo‘layotgan qurilishlar, yo‘llarni, har oyda borib ko‘rsa, buyurtmachi va pudratchidan sifatni talab qilsa, bilasizlarmi, ahvol qanday o‘zgaradi? Buning uchun sizlarda yetarli vakolat ham, shijoat ham bor»,-deya ta’kidladi Prezidentimiz.  Bu so‘zlar o‘z navbatida deputatlarga  mas’uliyat yukini yuklab, qalbimizdagi daxldorlik hissini kuchaytirdi. Murojaatnomaning asl maqsadi ham xalq vakillari bo‘lgan deputatlarni xalqimizga yaqinlashtirish, ularning dardu tashvishlari bilan yashash va fuqarolarning o‘zi saylagan nomzodlariga va siyosiy partiyalarga bo‘lgan ishonchini oshirishdan iboratdir.
Tumanimiz  deputatlari ham  xalqimiz bilan birgalikda Murojaatnomada tilga olingan barcha  masalalarni qo‘llab-quvvatlaymiz, ularni amalga oshirishda, albatta, o‘z hissamizni qo‘shamiz. O‘z vakolatlarimiz doirasida saylovchilar bilan uzviy ish olib borib, Murojaatnomada tilga olingan barcha  masalalarni  amalga oshirishda barcha deputatlarni faollikka chorlaymiz.

Muhiddin TESHAYЕV,
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi Kotibiyat mudiri.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM