2023 YILDA MAKTABGACHA TA’LIMGA BOLALAR QAMROVINI 67,2 FOIZGA YETKAZISH RЕJALASHTIRILGAN

[jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp we]

Bugungi kunda Kattaqo‘rg‘on tumanidaMaktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli  204ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Tumandagi  24233 nafar  3-7 yoshli bolalarning 13619 nafari  maktabgacha ta’limga qamrab olinib, qamrov darajasi 56,2 foizga yetdi. Tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasaarrufidagi 64 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami 2184 nafar xodimlar mehnat qilmoqda.Barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bugungi kunda internet tarmog‘i bilan ta’minlandi.

Joriy  yilda  60 o‘rinli bitta davlat (59-MTT), 750 o‘rinli 26 ta oilaviy MTT, 288 o‘rinli “VILLAGE SCHOOL” nomli, 75 o‘rinli "SPECIAL CHILDREN" nomli davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda quvvati 100 o‘rinli “KIDS CAMP” nomli xususiy MTTlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Investitsiya davlat dasturi asosida 2 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Chig‘atoy mahallasidagi 120 o‘rinli 20-sonli  va  Madrasa mahallasidagi 120 o‘rinli 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qurilish ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. “Obod qishloq” davlat dasturi asosida tumandagi Yonboshsoy mahallasi xududida 60 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilmoqda.Open budjet ochiq partali orqali 2 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumaladan, A.Navoiy mahallasidagi 15-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida mukammal ta’mirlashishlari amalga oshrilmoqda.Qirg‘iz mahallasidagi 34-sonli  maktabgacha ta’lim tashkilotida 75 o‘rinli rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. 

2023 yilda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlar sonini 241 taga yetkazib,  3-7 yoshlilarning 16300 nafarini MTTlarga qamrab olish va shuning natijasida qamrov darajasini 67,2 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Kelgusi besh yilda qamrovni 80 foizga yetkazish uchun bor kuch va imkoniyatlarni ishga solamiz.

Yangi yilbayrami bilan tumanimiz ahlini,aziz bolajonlarni muborakbod etaman! Omad, muvaffaqqiyat va to‘kin-sochinlik hayotingizda chin ma’noda yo‘ldosh bo‘lishini tilab qolaman!
U.UMIRZOQOV,
tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri.

2015-2024 © Каттақўрғон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM