Саноат корхоналари

 

Dastlabki ma’lumotlarga asosan 2023 yilning yanvar-mart oylarida Kattaqo‘rg‘on tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 239,4 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,8 % ni tashkil etdi.

Hisobot yilida 182,0 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2022 yil yanvar-martiga nisbatan 116,7 foizni tashkil etdi. Jumladan, 49,8 mlrd.so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilib, umumiy hajmga nisbatan 27,0 % ni tashkil qilib, 131,6 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat mollari ishlab chiqarildi va umumiy hajmga nisbatan 73,0 % ni                 (2022 yil yanvar-martiga nisbatan mos ravishda 114,5 foiz va 117,7 foiz) tashkil qilganligini kuzatishimiz mumkin.

 

Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish ulushi, % da

 

            

Sanoat ishlab chiqarishda kichik biznesning hissasi

          Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz ichki bozorini tovar va xizmatlar bilan ta’minlashda, aholi bandligi va real daromadlarini oshirishda, resurslarni oqilona taqsimlash va ulardan samarali foydalanishda, ijtimoiy guruhlar daromadlarining nomutanosibligini kamaytirishda, iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yaxshilashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy katalizatori hisoblanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bozor kon’yunkturasi o‘zgarishlariga ham, iste’molchi talabi o‘zgarishlariga ham tez moslashishga qodir bo‘lib, iste’mol bozoridagi muvozanatni ushlab turishda muhim rol o‘ynaydi, shuningdek, raqobat muhitining shakllanishiga xizmat qiladi. 2023 yilning yanvar-mart oylarida tumanda 239,4 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 191,7 mlrd. so‘m yoki umumiy hajmning 80,1 % ni kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti tashkil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

  

Sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning tarkibi (mlrd. so‘mda)

 

 

            Davlat va xususiy sektorning o‘zaro munosabati mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqaror vaziyatni ta’minlashda xususiy biznesning manfaatdorligini oshirishda katta xizmat qiladi. O‘z navbatida, mamlakatimizda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar natijasi o‘laroq Kattaqo‘rg‘on tumanida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida nodavlat sektorning ulushi salmoqli ekanligini ko‘rish mumkin. Tarmoq korxonalari tomonidan 2023 yilning yanvar-mart oylarida 239,4 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi yoki o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104,8 % ni tashkil etdi, shuning bilan birga davlat sektorida 4,3 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib umumiy hajmga nisbatan 1,8 % tashkil etsa, nodavlat sektorida 235,1 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, umumiy hajmga nisbatan 98,2 % ni tashkil etdi.

 

 

 

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish davlat va nodavlat sektorlarida (foiz hisobidagi ulushi)

 

          

        Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sanoat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmini shahar hamda tumanlarni viloyat ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash orqali tahlil qilish, sanoat mahsulotini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori dinamikasini kuzatib borish, hududlardagi ustuvor vazifalarni va o‘sish nuqtalarini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi.  

       O‘z navbatida tumanda sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi 239,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, mazkur ko‘rsatkich Samarqand viloyatining jami sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishida                 3,6 % tashkil etdi. Tumanda ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi aholi jon boshiga 829,8 ming so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,7 % ga etkazilganligini kuzatishimiz mumkin. Shuningdek, tumanda iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishi 182,0 mlrd. so‘mni tashkil qilib, Samarqand viloyatining jami iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishida 5,5 % tashkil etdi. Tumanda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari aholi jon boshiga 630,7 ming. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 114,4 % ga etkazilganligini kuzatishimiz mumkin.

 

 

 

КАТТАҚЎРҒОН ТУМАНИ БЎЙИЧА ЖАМИ

 

Жами саноат корхоналар сони

258

Шундан фаолият кўрсатаётган саноат корхоналари сони

244

2019 йилда очилган саноат корхоналари сони

68

 Жами қўшма  корхоналари сони

9

2019 йилдаянги очилган қўшма корхоналар сони

7

Жами кичик бизнес субъектлар сони

1 238

Шундан фаолият кўрсатаётгани

1 156

2019 йилда янги ташкил этилган тадбиркорлик субъеклар сони

408

Экспортга жалб қилинган корхоналар сони

12

Иссиқхоналар сони

21

Иссиқхоналар қуввати,га

69,7 га

Музхоналар сони

8

Музхоналар қуввати, тн

2 300

Жами экспорт прогнози,минг АҚШ доллари

24 397

Шундан

 

Саноат махсулотлари, минг АҚШ доллари

2 388

Мева-сабзавот махсулотлари, мингАҚШ доллари

22 009

2015-2024 © Government of Kattakhurgan district. Maked by: SAKTRM