Zarbdor tajriba: Kattaqo‘rg‘on tumanida iqtisodiy yuksalishga xizmat qilayotgan "drayver” loyihalar
Kattaqo‘rg‘on tumanida 2025 yilning II choragi davomida iqtisodiy tarmoqlarni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hududda ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishni ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 20 dekabrdagi PF-223-sonli Farmoni asosida, tumanda “Zarbdor tajriba” doirasida umumiy qiymati 147 milliard so‘mni tashkil etuvchi 101 ta investisiya loyihasini amalga oshirish belgilangan. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida tumanda yiliga 6,2 milliard so‘m miqdorida soliq tushumlari oshishi va 500 ta doimiy ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Shu maqsadda hudud infratuzilmasini yaxshilash uchun Respublika byudjetidan 11,5 milliard so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.
To‘rt yo‘nalishda — amaliy ishlar
2025 yilda amalga oshiriladigan 6 ta drayver loyihaning dastlabgi bosqichi sifatida 4 ta yo‘nalishda quyidagi ishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔸 Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga — 4,4 milliard so‘m
🔸 Elektr tarmoqlari tortish ishlariga — 2,6 milliard so‘m
Sanoat, xizmat va infratuzilma — rivoj chorrahasida
1. Mundiyon mahallasidan – Turkiya investisiyasiga asoslangan sanoat korxonasi
“BOYRAZ TEKSTIL” MCHJ xorijiy korxonasi tomonidan 4 ming kvadrat metrlik binoda tikuv-trikotaj fabrikasi tashkil etildi. Bino ta’mirlanib, to‘liq jihozlandi va 100 nafar fuqaro ishga qabul qilindi. Eng kam ish haqi 2,1 million so‘mdan boshlanmoqda. Loyihani barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Yakkabog‘” mahallasidagi podstansiyadan 10 KVt lik havo tarmog‘ini tortish ishlari olib borilmoqda.
2. M-37 magistral yo‘li bo‘yida savdo va servis hududi
M-37 avtomagistral yo‘lining 75–76 km qismidagi 2 gektar yer maydoni 50 ta lotlarga bo‘lingan holda auksionga chiqarildi. Bugungi kunda 12 ta lot tadbirkorlar tomonidan sotib olindi. “ENTIR OIL GAZ SERVIS” va “TRASSA OIL” MCHJlar faoliyat boshladi. Zovur to‘liq ko‘milgan, hududda savdo va servis ob’yektlarini joylashtirish ishlari boshlangan.
3. A.Navoiy ko‘chasida 24/7 xizmat ko‘rsatish shoxobchalari
Tuman markazidagi A.Navoiy ko‘chasi bo‘ylab (M.Ulug‘bek, Charog‘on va A.Navoiy mahallalari) 2 kilometr masofada 24 soatlik xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Bu loyiha 2,3 milliard so‘mlik investisiya asosida “MANSUR SIFAT QURILISH” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
4. “Kumushkent”da sanoatlashgan hudud yaratilmoqda
Kattaqo‘rg‘on–Ingichka yo‘li bo‘yidagi 5 gektar yer maydonida 6 ta sanoat loyihasini amalga oshirish belgilangan. Bugungi kunda:
“ECO FIBRE” MCHJ — chiqindini qayta ishlash va sintepon ishlab chiqarish,
“FIRDAVS QANDOLAT INVEST” MCHJ — muzqaymoq uskunalari ishlab chiqarish,
“SAMMOTORS” MCHJ — elektr dvigatellari va transformatorlar ishlab chiqarish loyihalari faoliyatini boshladi.
Ushbu hududni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida 2 milliard so‘mlik yangi podstansiya qurilishi rejalashtirilgan.
Kattaqo‘rg‘on tumanida “Zarbdor tajriba” doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar hudud iqtisodiyotiga kuchli turtki bermoqda. Har bir yo‘nalishda amaliy qadamlar tashlanib, aholi bandligi ta’minlanmoqda. Yangi infratuzilma, sanoat va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari hududni investisiyaviy va iqtisodiy jihatdan yanada jozibador etib bormoqda.