Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
📍 Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga tuman hokimi, Kengash raisi Jamshid Nasriddinov rahbarlik qildi.
📝 Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalar:
▪️ Deputatlarning 2025 yilning II, III va IV choraklarida saylovchilar bilan uchrashuvlari va axborot berish reja-jadvalini tasdiqlash.
▪️ Kengash doimiy komissiyalarining shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish kiritish.
▪️ 2025 yil 22 maydagi qarorga o‘zgartirish kiritish.
▪️ Davlat mulkini xususiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot.
▪️ Tuman prokuraturasi tomonidan qonuniylik va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida 2025 yilning yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot (M.Nozimov).
▪️ Shuningdek, sessiyada Kattaqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘i A.Ochilov tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan joriy yilning II choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi. Ushbu sohada erishilgan natijalar, mavjud muammolar va kelgusi chora-tadbirlar batafsil muhokama qilindi.
▪️ 2025 yil II chorak mahalliy byudjet ijrosi va III chorakdagi rejalar muhokamasi.
▪️ Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni baholash va ijrosini monitoring qilish to‘g‘risida ichki komissiya hisoboti.
▪️ Energiya resurslaridan samarali foydalanish va PQ-133-sonli qaror ijrosi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari M.Rasulov hisoboti.
▪️ “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar vaqti” va ta’limda “Dolzarb 90 kunlik” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan O.Shirinov hisoboti.
▪️ “Xavfsiz va ravon yo‘l” dasturi doirasida Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi rahbari S.Amonovning hisoboti.
▪️ Oyjon mahallasining 2025 yil II choragidagi faoliyati va “Mahalla yettiligi”ning mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlili.
📌 Sessiyada barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul rahbarlarga aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.