insurez
02-08-2024 15:54

TUMAN KENGASHI SESSIYASI: AYRIM MASALALAR NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILISHI BELGILANDI


2024 yil 2 avgustda Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining bir yuz to‘rtinchi sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyani tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Jamshid Nasriddinov olib bordi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

1. Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash;
2. Kattaqo‘rg‘on tumani saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish;
3. Tuman hokimi o‘rinbosari S.Djumayeva tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-son Qarorining tumandagi ijrosi haqidagi hisoboti;
4. Tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i N.Razzakovning mahalliy byudjet prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash, hududning iqtisodiy o‘sish nuqtalarini inobatga olgan holda qo‘shimcha manbalarni aniqlash, soliq qarzlarini qisqartirish va ortiqcha to‘lovlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisoboti;
5. Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi bosh vrachi U.Sag‘dullayevning tumanda aholining sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisoboti eshitildi va hisoboti qoniqarli emas topildi hamda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilandi.

Sessiyada ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Teglar
- -