⚙️ Temir tayanchlar, yangi transformatorlar – Kattaqo‘rg‘onda 7 mahalla – 1 maqsad yo‘lida energiya islohoti!
💠Kattaqo‘rg‘on tumanida aholini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amaliy ishlar jadal sur’atlarda davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-330-sonli qarori ijrosi doirasida 2025 yilning birinchi yarmida tumanning 7 ta mahallasida mukammal o‘rganish ishlari olib borilib, hozirgi kunda elektr tarmoqlarini yangilash, transformatorlarni o‘rnatish va temir-beton ustunlarni joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
🔹Yovi mahallasida 102 dona temir-beton ustun o‘rnatildi. 160 kVA va 100 kVA quvvatga ega ikkita transformator o‘rnatilmoqda. Umumiy uzunligi 4 200 metr bo‘lgan 0,4 kV va 10 kV tarmoqlar tortilayapti.
🔺Bo‘rgansoy mahallasida 3 ta yangi transformator o‘rnatilishi, 201 dona beton apora qo‘yilishi, 7,14 km elektr kabeli tortilishi belgilangan.
🔻Jizmonsoy mahallasida 205 ta temir beton tayanch, 8,5 km elektr uzatish tarmog‘i tortilishi rejalashtirilgan.
🔺Bunyodkor mahalasida 279 ta temir beton tayanchlar o‘rnatildi. 10,72 km elektr uzatish tarmog‘i tortilib, shundan: 0,4 kV – 10,09 km, 10 kV – 0,63 km. 160 kVA va 100 kVA quvvatga ega ikkita transformator o‘rnatiladi.
🔹Yangiobod mahallasida 205 ta temir beton tayanchlar o‘rnatilgan. 7,94 km elektr uzatish tarmog‘i tortilib, shundan: 0,4 kV – 5,52 km, 10 kV – 2,4 km. 160 kVA quvvatga ega ikkita transformator o‘rnatildi.
🔻Qushhovuz mahallasida 110 ta temir beton tayanchlar o‘rnatildi. 3,85 km elektr uzatish tarmog‘i tortilib, shundan: 0,4 kV – 2,46 km, 10 kV – 1,39 km.
🔹Kumushkent mahallasida 231 ta temir beton tayanchlar o‘rnatildi. 8,57 km elektr uzatish tarmog‘i tortilib, shundan: 0,4 kV – 8,05 km, 10 kV – 0,52 km. 160 kVA quvvatga ega ikkita transformator o‘rnatildi.
🟢 Yorug‘ kelajak — barqaror elektr ta’minotidan boshlanadi. Kattaqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar aholi uchun qulay va ishonchli hayot tarzini ta’minlashga qaratilgan.