"Tadbirkor — iqtisodiyot tayanchi": Kattaqo‘rg‘onda navbatdagi tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi
«Tadbirkor — iqtisodiyot tayanchi. Ularni qo‘llab-quvvatlash — barqaror rivojlanish kafolati» degan tamoyil asosida Kattaqo‘rg‘on tumanida tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, murojaatlarini eshitish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida muntazam ravishda qabullar tashkil etilmoqda.
Shu maqsadda, tuman hokimi Jamshid Nasriddinov tomonidan har haftaning chorshanba kuni tadbirkorlar uchun ochiq qabul o‘tkazib kelinmoqda.
Bugungi navbatdagi tadbirkorlar qabuli ham tuman Davlat xizmatlari markazi binosida bo‘lib o‘tdi. Unda hududdagi faol tadbirkorlar ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan muammo va takliflari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hokimga murojaat qilishdi.
Qabul jarayonida aytilgan har bir masala alohida ko‘rib chiqilib, joyidayoq yechim topilgan holatlar ham bo‘ldi.
Murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.