Qabul — davlat va fuqaro o‘rtasidagi ko‘prik
Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov fuqarolar uchun ochiq qabul o‘tkazdi. Qabulda tuman rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan ish o‘rinlari yaratish, moddiy yordam, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, elektr ta’minoti, uy-joy va oilaviy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Ayrim muammolar qabulning o‘zidayoq hal etildi. Qolgan masalalar bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi. Qabul ishtirokchilariga huquqiy tushuntirishlar ham berildi.
"Fuqaroning dardi – bu bizning vazifamiz. U eshitilsa, davlatga ishonch mustahkamlanadi", — deya ta’kidladi tuman hokimi Jamshid Nasriddinov.
Bunday uchrashuvlar xalq va hokimiyat o‘rtasidagi muloqot ko‘prigiga aylanmoqda. Bu orqali aholining dolzarb muammolari samarali hal etilayotgani e’tirof etildi.