O‘zbekiston amputant futbol jamoasi Osiyo chempioni!
Bangladeshda o‘tayotgan birinchi Osiyo amputantlar jamoasi futbol chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi zafar qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi! Final bahsida terma jamoamiz Indoneziyani yirik 6:0 hisobida mag‘lub etdi va Osiyo chempionligiga erishdi.
Turnir davomida O‘zbekiston terma jamoasi ajoyib natijalarni qayd etdi:
O‘zbekiston 8:1 Indoneziya
O‘zbekiston 13:0 Nepal
O‘zbekiston 3:0 Bangladesh
O‘zbekiston 3:0 Iroq
(final) –O‘zbekiston 6:0 Indoneziya
Bunday shonli g‘alabada kattaqo‘rg‘onlik futbolchi Nuriddin Tursunov ham ishtirok etgani yanada quvonarlidir. Bu g‘alaba O‘zbekiston amputantlar futboli tarixida yangi sahifa ochdi!
Jamoamizni munosib g‘alaba bilan muborakbod etamiz!