Omonboyko‘prikda yangi tibbiyot punkti foydalanishga topshirildi
Kattaqo‘rg‘on tumani Omonboyko‘prik mahallasida tashabbusli byudjet mablag‘lari asosida barpo etilgan “Omonboy” tibbiyot punkti tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, tuman rahbarlari, mahalla faollari va tibbiyot xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar mazkur punkt aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.
Yangi tibbiyot punkti orqali mahalla aholisiga yaqin masofada zamonaviy tibbiy xizmatlar taqdim etilishi yo‘lga qo‘yildi.